Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buvayda tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda 80 000 AQSh dollariga er sotmoqchi bo`lgan fermer xo`jaligi rahbari ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
“Sh.S.” fermer xo`jaligi rahbari F.M. “G`.” MMTP hududidan bog`dorchilik yo`nalishida foydalanish uchun ajratilgan sug`oriladigan er maydonining 0,75 gektarini fuqaro G.B.ga 80 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sug`oriladigan er uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo`lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o`zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






