Mutaxassisligi bo`yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma`lumotga ega bo`lmagan xotin-qizlardan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabul qilish joriy yilning 1 iyuniga qadar davom etadi.
Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo`mitasi boshqarma boshlig`i O`g`iloy O`rozova ishtirokida ma`lum qildi:
Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar:
- o`rta maxsus yoki professional ta`lim bo`yicha mutaxassislikka ega bo`lishi;
- tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta`lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
- o`rta maxsus yoki professional ta`lim mutaxassisligi bo`yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo`lishi kerak.
- 1-7 iyun kunlari tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to`g`risida xulosa qabul qilinadi.






