Evropa mintaqasidan JCh-2018 turniriga saralash bosqichi “G” guruhi 3-turida Italiya terma jamoasi safarda Makedoniya futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.
Qizg`in kurash va gollarga boy kechgan o`yinda Italiya terma jamoasi 3:2 hisobida irodali g`alabaga erishdi. G`oliblar safida Chiro Immobile haqiqiy qahramonga aylandi.
Uning so`nggi daqiqada kiritgan goli Italiyaga qimmatli uch ochkoni taqdim qildi.
JCh–2018 saralashi. “G” guruhi, 3-tur
Makedoniya – Italiya 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 24 Belotti, 1:1 – 57 Nestorovski, 2:1 – 59 Xasani, 2:2 – 75 Immobile, 2:3 – 90 Immobile.
Makedoniya – Bogatinov, Moysov, Shikov, Ristevski, Alioski, Xasani (Traychevski, 84), Juta (Ibraimi, 46), Spirovski, Ristovski, Pandev, Nestorovski (Petrovich, 68).
Italiya – Buffon, Bonuchchi, Romanoli, De Shilo, Bardzali, Verratti, Bonaventura (Parolo, 64), Kandreva, Bernardeski (Sansone, 64), Belotti (Eder, 84), Immobile.
Ogohlantirishlar: Alioski (40), Spirovski (53), Ibraimi (66), Parolo (70), Petrovich (90).





