AsosiyJinoyat

Toshkentda qurilish bo`limi bosh mutaxassisi 1,5 ming AQSh dollari pora bilan qo`lga tushdi

'Toshkentda qurilish bo`limi bosh mutaxassisi 1,5 ming AQSh dollari pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining Yunusobod tuman qurilish bo`limi bosh mutaxassisi A.Yu. fuqaro O.A.ga go`yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali qurilishi tugallangan bino inshootini foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnoma olib berishini aytadi.  Evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar