Davlatga qarshi o`ta og`ir jinoyatlarni sodir etgan shaxs xorijdan olib kelindi

Jinoyat 22.05.2023, 21:35
Davlatga qarshi o`ta og`ir jinoyatlarni sodir etgan shaxs xorijdan olib kelindi

O`zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan o`ta og`ir jinoyatlarni sodir etgani uchun qidiruvda bo`lgan shaxs O`zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 1987 yilda tug`ilgan Sh.N. ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari g`oyalari ta`siriga tushib, Internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari a`zolari bilan doimiy aloqada bo`lib kelgan. U mazkur g`oyalar ta`sirida 2016 yilda Suriya Arab Respublikasi hududiga o`tib, xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo`shilgan hamda jangovar tayyorgarlikdan o`tgan.

Chet el huquq-tartibot idoralari bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida Sh.N. xorijiy davlatlarning birida qo`lga olinib, O`zbekistonga olib kelingan.

Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1