AsosiyJamiyat

Singapur Prezidenti O`zbekistonga keldi

'Singapur Prezidenti O`zbekistonga keldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan 23 may kuni Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari Zulayho Mahkamova va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif davomida oliy darajadagi muzokaralar bo`lib o`tadi. Sammit kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida o`zaro qo`llab-quvvatlash, ikki mamlakat etakchi kompaniya va bank institutlari ishtirokidagi investisiya loyihalariga ko`maklashish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o`rin olgan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, ushbu tashrif davomidagi dastur haqida xabar bergan edik. 

    Boshqa yangiliklar