Deputat Jenishbek Toktorboevning chorva mollariga soliq joriy etilishi haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi, deb yozadi Sputnik axborot agentligi.
Rasmiy hujjatga ko`ra, 40 dan ortiq qo`y-echkilari, uch bosh sigir yoki buqasi va ikki bosh oti bo`lgan uy xo`jaligi egalari har yili soliq to`lashi shart bo`ladi:
- bir bosh qo`y va echki uchun – 100 som (1,14 dollar);
- bir bosh qoramolga – 250 som (2,86 dollar);
- bir bosh otga – 250 som (2,86 dollar).
Qirg`iziston parlamenti a`zosi ta`kidlaganidek: “Qishloqlarda turmush darajasi shahardagidan yomon emas. Soliq joriy etilgandan keyin qishloqlarni o`zini o`zi ta`minlashga o`tkazish mumkin bo`ladi”.
U soliq faqat 40–50 bosh qo`yi bor qishloq aholisiga taalluqli bo`lmasligini ta`kidladi. Ular faqat yaylov uchun pul to`laydi. Yangilik minglab qo`ylari, bir necha o`nlab sigirlari va otlari bor qirg`izistonliklarga ta`sir qiladi.






