AsosiyJinoyat

Toshkentda "narkograffist" ushlandi

'Toshkentda "narkograffist" ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida "narkograffist" qo`lga olindi. Bu haqda shahar IIBB xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, “Xasanboy” mahallasining profilaktika inspektori Tiklanish ko`chasida joylashgan binoning devoriga giyohvandlik vositalarini sotuvchi do`konlarni targ`ib qiluvchi “narkograffiti”larni chizayotgan noma`lum shaxsni aniqlab, qo`lga oldi.

Aniqlanishicha, “narkograffist” 25 yoshli Axtam R. bo`lib chiqdi. Undan xolislar ishtirokida trafaret va bo`yoq qutisi ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar