Qo`qon davlat pedagogika instituti talabalar yotoqxonasida kamera o`rnatilishi bilan bog`liq holat yuzasidan institut prorektori va ayrim xodimlariga jarima jazosi belgilandi
Jinoyat ishlari bo`yicha Qo`qon shahar sudining 5 maydagi qaroriga ko`ra Qo`qon davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha birinchi prorektori O. B. MJtKning 46-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) da ko`rsatilgan ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining o`n besh baravari miqdorida ya`ni, 4 500 000 so`m jarima jazosi tayinlangan;
Institutning ta`lim texnologiyalari markazi xodimlari A. M., B. O. va bo`lim boshlig`i R. M. ham MJtKning 46-1-moddasida ko`rsatilgan ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining o`n baravari miqdorida ya`ni, 3 000 000 so`mdan jarima jazosi tayinlangan.
Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg`ona viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma`lum qilinadi.






