Bugun Toshkentda veyplar (elektron sigaretalar)ni etakchi ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi va reteylerlarining “Tamakisoz” tamaki sanoati ishlab chiqaruvchilar uyushmasi raisligida O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo Vazirligi vakillari ishtirokida sigaret mahsulotlarini 20 yoshgacha bo`lgan shaxslarga sotilishini oldini olish borasida nazoratni kuchaytirish bo`yicha qo`shma bayonotni imzoladilar. Ular orasida bozorning aksariyat qismini tashkil etuvchi"UZBAT A.J. QK” AJ QK,, “TASHKENT TOBACCO” MChJ, “BOSTON OIL TRADE” MChJ, “BUZZ DISTRO” MChJ, “YUSUNNY” MChJ va “AION NDS” MChJ lar joy olgan. Bu, yoshlar xavfsizligi va salomatligini ta`minlash yo`lida qo`yilgan muhim qadamdir.
Ko`rib chiqilayotgan tashabbusda mamlakatimizning etakchi ishlab chiqaruvchilari, importchilari va tarkibida nikotin bo`lgan mahsulotlari reteylerlari ishtirok etdilar. Qo`shma bayonotda mahsulotlarni faqat 20 yoshdan oshgan shaxslarga sotish ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, 20 yoshga to`lmagan shaxslarga mahsulot sotilishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha yanada samarali choralar ko`rish nazarda tutilgan.
Veyp ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar hamda chakana savdosi bilan shug`ullanuvchilar tomonidan e`tirof qilingan asosiy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
1. 20 yoshgacha bo`lgan shaxslarga tarkibida nikotin bo`lgan mahsulotlarni sotishga yo`l qo`yilmaslik to`g`risida tushunchalarni shakllantirish uchun kassir-sotuvchilar uchun majburiy o`quv dasturlarini olib borish. Kassir-sotuvchidan shubha tug`ilgan taqdirda, yoshni tasdiqlovchi hujjatlarni so`rash orqali xaridorning yoshini nazorat qilishni amalga oshirishni yo`lga qo`yish.
2. 20 yoshgacha bo`lgan shaxslarga nafaqat tamaki, balki tarkibida nikotin bo`lgan mahsulotlarni ham sotilishiga yo`l qo`yilmaslikni eslatib turuvchi stikerlar bilan savdo shoxobchalarini ta`minlash.
3. 20 yoshga to`lmagan shaxslarga elektron sigaretalarni sotilishiga yo`l qo`ygan sotuvchilar bilan hamkorlik shartnomasini to`xtatish.
4. Rossiya Federasiyasi, Qozog`iston Respublikasi va Belarus Respublikasi qonunchiligida bo`lganidek, O`zbekiston Respublikasi hududida qisqa muddatlarda tarkibida nikotin moddasi bo`lgan mahsulotlarni 20 yoshga to`lmagan shaxslarga sotgani uchun ma`muriy javobgarlikni tezkorlik bilan belgilash maqsadida O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlariga birgalikda murojaat qilish.
Vayplar kabi tarkibida nikotin bo`lgan mahsulotlar an`anaviy tarzda jamiyat diqqat markazidadir. Tegishli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va reteylerlari O`zbekiston Respublikasi qonunchiligining amaldagi barcha talablariga so`zsiz rioya qilishi, birinchi galda — tarkibida nikotin bo`lgan mahsulotlarning 20 yoshgacha bo`lgan shaxslarga sotilishining oldini olish bo`yicha o`z javobgarligini to`liq his etib turishlari lozim.
24.05.2023 18:37
Tamaki mahsulotlarni faqat 20 yoshdan oshgan shaxslarga sotish ustidan nazoratni yanada kuchaytiriladi






