AsosiyJamiyat

Joriy yilda O`zbekistondagi maktablarni necha nafar bitiruvchi tamomlagani aytildi

'Joriy yilda O`zbekistondagi maktablarni necha nafar bitiruvchi tamomlagani aytildi'ning rasmi

Bugun, 25 may kuni O`zbekistondagi barcha maktablarda 2022-2023 o`quv yili yakunlanib, “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlari o`tkazildi. Tadbirlar Davlat rahbari tomonidan yo`llangan tabrikni bitiruvchi o`g`il-qizlarga etkazish bilan boshlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi xabar berdi. 

"“So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida barcha maktablarda ko`tarinki kayfiyatda o`tdi. Yil davomida a`lo baholarga o`qib, eng yuqori reyting ko`rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar rag`batlantirildi.

Shuningdek, turli ko`rik-tanlovlarda yutuqlarga erishgan o`quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi",–deyiladi vazirlik axborotida.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilda 10118 ta maktabni 391 568 nafar bitiruvchi tamomladi.

    Boshqa yangiliklar