AsosiyDunyo

Janubiy Koreya ham Ukrainaga o`q-dori etkazib berishi mumkin

'Janubiy Koreya ham Ukrainaga o`q-dori etkazib berishi mumkin'ning rasmi

Janubiy Koreya Prezidentining milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi Cho Tae Yong Yonhap agentligiga mamlakat rasmiylari kelajakda Ukrainaga o`q-dori etkazib berish haqida o`ylayotganini aytdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Uning qo`shimcha qilishicha, vaziyatni joylarda kuzatish, shuningdek, ko`plab holatlarni hisobga olish rejalashtirilgan. Unga ko`ra, hozirda Janubiy Koreya hukumati Kievga gumanitar va moliyaviy yordam ko`rsatmoqda.

"Biz vaziyatni joyida kuzatib borganimizdan so`ng va boshqa vaziyatlarni hisobga olgan holda o`q-dorilarni etkazib berish imkoniyatlarini ko`rib chiqishni rejalashtirmoqdamiz", — dedi Cho Tae Yong.

Shu bilan birga, u bu masalani ko`rib chiqish haqida gap ketayotgani va Seul hozirda o`q-dorilarni etkazib berish bo`yicha rejalari yo`qligini ta`kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar