AsosiyJamiyat

Toshkentdagi firma rahbari bir yil davomida mavjud bo`lmagan aviachiptalarni sotib, 246 million “ishlab topdi”

'Toshkentdagi firma rahbari bir yil davomida mavjud bo`lmagan aviachiptalarni sotib, 246 million “ishlab topdi”'ning rasmi

Shayxontohur tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko`ra, 2022 yil davomida firma rahbari bo`lib ishlagan 32 yoshli Otabek T. 15 nafar fuqaroga jami 246.520.800 so`mlik mavjud bo`lmagan aviachiptalarni sotgan.

U fuqarolardan olingan pullarni firmaning bank hisob raqamiga o`tkazmay, o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar