1

Toshkentda terrorchilik tashkilotining bir guruh yashirin a`zolari ushlandi

Jinoyat 25.05.2023, 21:03
Toshkentda terrorchilik tashkilotining bir guruh yashirin a`zolari ushlandi

2023 yilning 20 may kuni, huquqni muxofaza qiluvchi idoralar hamkorligida “Tavhid va jihod katibasi” (“TJK”, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan terroristik tashkilot deb topilib, mamlakatimiz hududida uning faoliyati taqiqlangan) nomli terrorchilik tashkilotining 8 nafar yashirin a`zolari ushlandi. Bu haqda IIBB xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ular Toshkent shahri hududida jamoaviy yig`inlar o`tkazib, kelgusida Suriya davlati hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotlarining safiga borib qo`shilishni rejalashtirib, terrorchilik tashkiloti etakchilari bilan internet tarmog`i va turli ijtimoiy messenjerlar orqali aloqa o`rnatib, ularning ko`rsatmalari asosida aholi orasida tashkilot g`oyalarini targ`ib qilish va tashkilot safini kengaytirish bilan shug`ullanib kelganlar.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshket shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1