AsosiyJamiyat

Farhod Mannopov vafot etgan klinika bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

'Farhod Mannopov vafot etgan klinika bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda ”Mitti vayn” asoschisi, Farhod Mannopov vafoti ortidan yopilgan “Star Med” klinikasining taniqli san`atkorlar tomonidan reklama qilinayotgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan ma`lumot berdi. 

Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan “Omad plyus” MChJga qarashli “Star Med Center” klinikasiga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan lisenziyani bekor qilish to`g`risida sudga ariza kiritilgan. Bosh prokuraturaning ma`lum qilishicha, hozirda mazkur ariza sud tomonidan ko`rib chiqilmoqda.

Mazkur klinika Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibi to`g`risida yagona nizom”ning 40-bandiga asoslanib, SSVning 11 martdagi qarori bilan lisenziya talablari va shartlari buzilgani hamda kelgusida salbiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida vaqtincha to`xtatilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar