AsosiyJamiyat

Buxoroda 1,2 mlrd so`mlik kamomad aniqlandi

'Buxoroda 1,2 mlrd so`mlik kamomad aniqlandi'ning rasmi

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida burg`ilash quvurlarining kamomadi aniqlandi. Holat bo`yicha Prokuratura departamenti ma`lumot berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorovulbozor tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik subektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O`.Q.” AJga qarashli “M." uchastkasi boshlig`i F.Q. o`zining moddiy javobgarligidagi umumiy bahosi 1,2 mlrd so`mlik jami 307 dona burg`ilash quvurlari kamomadiga yo`l qo`yganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar