Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari oldindan olingan tezkor ma`lumotga asosan IIB YHXB hamda DXX Chegara qo`shinlari xodimlari bilan hamkorlikda Bo`ston tumanida navbatdagi tezkor tadbir o`tkazildi, deya xabar bermoqda Andijon viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
Ta`kidlanishicha, tadbir davomida fuqaro A.Q. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilgan.
Natijada, avtotrasport yuk xonasida xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam aylanma yo`llar orqali respublikamiz hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo`lmagan umumiy qiymati 1 mlrd. 500 mln. so`mlik 4 turdagi jami 780 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.






