Toshkent shahrida "Next" savdo markazining old tomonidagi ko`p yillik chinorlar kesib tashlandi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Tabiat resurslari boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, Yakkasaroy tumani Bobur ko`chasi “Next” savdo markazining old tomonida joylashgan mazkur chinor daraxtlari tana qismi quriganligi, yashovchanlik holati mavjud emasligi aniqlangan.
Shundan so`ng, Toshkent shahar Tabiat resurslari boshqarmasi mutaxassislari tomonidan berilgan xulosasiga ko`ra, Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi brigadasi tomonidan kesish ishlari amalga oshirilgan.






