1

Farg`onada tuman hokimi lavozimiga tayinlashni va`da qilib, 80 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi (video)

Jinoyat 26.05.2023, 12:29
Farg`onada tuman hokimi lavozimiga tayinlashni va`da qilib, 80 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi (video)

IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan tuman hokimi lavozimiga tayinlash evaziga 80 ming dollar talab qilgan shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, 18 may kuni IIVga Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanida yashovchi ariza bilan murojaat qilgan. 2023 yilning aprel oyida o`zini Prezident Administrasiyasi xodimi sifatida shaxs va sherigi unga Uchko`prik hamda Beshariq tumanlari hokimlari 30 aprel kuni referendum o`tgandan so`ng, lavozimdan bo`shatilishlarini aytgan. Ularning o`rniga nomzod qidirib yurganliklarini, Uchko`prik tuman hokimi lavozimiga tayinlanishini hal qilib berish evaziga 80 ming AQSh dollari, shundan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun avvaldan 25 ming AQSh dollari talab qilgan.

Arizaga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda Mirobod tumanida ikki nafar shaxs ariza muallifidan talab etilgan pullardan 25 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ularning yonidan bir nechta fuqarolarni rahbarlik lavozimlariga tayinlanishini so`rab, Prezident Administrasiyasi nomiga yozilgan ariza va ilova hujjatlari tekshirib ko`rish uchun olingan.

Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, har ikki gumonlanuvchi qamoqqa olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1