Qoraqalpog`iston tibbiyot instituti klinikasida gospital turdagi “Mehrli maktab” filiali ochildi.
Ma`lum qilinishicha, Ziroat Mirziyoeva bu erga tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bolalar bilan samimiy suhbatlashib, pedagog va ota-onalarga dalda so`zlarini izhor etdi.
"Mehrli maktab" – ta`limdan, kim qanday vaziyatga tushib qolganidan qat`i nazar, barcha bahramand bo`lishi mumkinligiga yorqin misol. Bu erda uzoq vaqt davomida davolanayotgan hamda oddiy maktab yoki bog`chaga qatnash imkoniyati bo`lmagan bolalar bilim olmoqda va tarbiyalanmoqda. Ular reabilitasiya jarayonidan ham shu erning o`zida ota-onalari ishtirokida o`tadilar.
Yil yakuniga qadar "Mehrli maktab" filiallari Andijon va Farg`onada ochiladi.






