AsosiyDunyo

Germaniya iqtisodiyotida resessiya boshlandi

'Germaniya iqtisodiyotida resessiya boshlandi'ning rasmi

Statistika xodimlari Germaniya yalpi ichki mahsulotining ikki chorak ketma-ket pasayishini qayd etishdi. Bu Germaniya iqtisodiyoti resessiyaga yuz tutganini anglatadi, deyiladi "Zamon.uz" tarqatgan xabarda.

Federal statistika boshqarmasi tomonidan e`lon qilingan ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot oldingi uch oyga nisbatan 0,3 foizga kamaydi.

O`tgan yilning to`rtinchi choragida YaIM o`tgan chorakka nisbatan 0,5 foizga kamaygan.

Mutaxassislar aholining xarid qobiliyati pasayganini ham ta`kidladi. Shunga qaramay, joriy yilning birinchi choragida mamlakatda bandlik darajasi oshdi va inflyasiya biroz pasaydi.

    Boshqa yangiliklar