Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Neymar yozgi transferda “Real Madrid” jamoasidan jiddiy taklifni rad etgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashriga tayanib, “Championat.com” xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, madridliklar braziliyalik futbolchiga yillik 32 mln evro maosh va 40 mln ko`tarma pulini taklif qilgan. PSJ va “MYu” esa bundanda yaxshi – yiliga 40 mln evro va 40 mln evro ko`tarma puli taklifini bildigan.
Ma`lumot uchun, mazkur takliflar Neymar “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirmasidan oldin berilgandi. Ayni damda Neymar kataloniyaliklar safida yiliga qariyb 16 mln evro maosh olmoqda.





