Toshkentda 15 kishiga mavjud bo`lmagan reysga jami 246 520 800 so`mlik aviachiptalar sotildi

Jinoyat 26.05.2023, 16:58
Toshkentda 15 kishiga mavjud bo`lmagan reysga jami 246 520 800 so`mlik aviachiptalar sotildi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 32 yoshli shaxs tomonidan 15 kishiga mavjud bo`lmagan aviachiptalar sotilgani aniqlandi. 

Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil davomida firma rahbari bo`lib ishlagan 32 yoshli O.T. 15 nafar fuqaroga jami 246 520 800 so`mlik mavjud bo`lmagan aviachiptalarni sotgan. U fuqarolardan olingan pullarni firmaning bank hisob raqamiga o`tkazmay, o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1