Joriy yilning 30 iyundan boshlab "Uzbekistan Airways" Toshkent – Urumchi – Toshkent yo`nalishi bo`yicha muntazam qatnovlarni tiklaydi. Bu haqda aviashirkat matbuot xizmati xabar berdi.
Muntazam aviaqatnovlar har hafta juma/shanba kunlari (shanba kuniga o`tadigan qatnov) amalga oshiriladi va chiptalar narxi:
Toshkent – Urumchi 2 738 000 so`mdan boshlanadi.
Toshkent – Urumchi – Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviachipta 4 867 000 so`mdan boshlanadi.
Ma`lumot o`rnida, Shinjondagi Urumchi shahriga O`zbekistondan parvozlar koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yil mart oyidan to`xtatilgan edi.