AsosiyJinoyat

Buxoroda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va`da qilgan korxona rahbari qo`lga olindi

'Buxoroda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va`da qilgan korxona rahbari qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir  o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda, “A.V.” NTM sho``ba korxonasi rahbari M.A. fuqaro M.T.ga haydovchilik guvohnomasini olish uchun o`tkaziladigan imtihondan vakolatli tanishlari orqali o`tkazib qo`yish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar