Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 27 may kuni kafe yonib ketgani aytilgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, soat 21:16 da Qarshi shahar FVBga Qarshi shahri Islom Karimov ko`chasida joylashgan “Elbro” kafesi yonayotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko`ra, Qarshi shahar FVBdan 2 ta yong`in-qutqaruv bo`linmasi voqea joyiga jalb qilinib, soat 21:21 larda hodisa joyiga etib borgan va yong`inni to`liq bartaraf etgan.
Yong`indan fuqaro I.E.ga qarashli kafening 80 metr kvadrat maydonda ichki qismi va oshxona jihozlari zararlangan. Hozirda yong`in sabablari va zarari aniqlanmoqda.






