1

Farg`onada ayol Telegramda tanishgan erkagiga ishonib, 6,2 mln so`m pulidan ayrildi

Jinoyat 28.05.2023, 17:20
Farg`onada ayol Telegramda tanishgan erkagiga ishonib, 6,2 mln so`m pulidan ayrildi

Farg`ona viloyati, Farg`ona shahrida yashovchi 40 yoshli ayol viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, firibgar tuzog`iga tushgani haqida ma`lum qilgan.

Qayd etilishicha, u Telegramda noma`lum shaxs bilan tanishib qolgan va shundan beri uning bank kartasidan jami 6 mln 231 ming so`m miqdoridagi pullari echib olingan.

O`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Toshkent shahri, Sergili tumanida yashovchi 25 yoshli K.R. jabrlanuvchining telefon raqamiga soxta xabarlar jo`natib, Telegram orqali bank kartasi kodi va sms-xabarnomani qo`lga kiritib pullarni o`zlashtirganligi ma`lum bo`ldi.    

K.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, K.R. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1