Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyatidagi "Qo`riqlash" boshqarmasi tezkor harakatlanuvchi guruh avtotransporti va TTYo mashinalari to`qnashgani aks etgan surat tarqalgan edi. Holat yuzasidan Milliy gvardiya Qo`riqlash bosh boshqarmasi rasmiy ma`lumot berdi.
Surishtiruvlar davomida tezkor harakatlanuvchi guruh haydovchisi boshqaruvidagi avtotransport vositasi Quvasoy shahar A.Navoiy ko`chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan TTYo bo`limining Damas rusumli avtomashinasi bilan to`qnashib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Mazkur YTH natijasida 2 nafar fuqaro engil va o`rta darajadagi tan jarohatlari olgan.
Hozirda holat yuzasidan Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.