Tehron — Pekin yo`nalishida IRM079 reysini amalga oshirayotgan "Mahan Air" aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga favqulodda qo`ndi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, samolyot 28 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:20 da Toshkent aeroportiga kelib qo`ngan. Qo`nishga yurak xurujiga uchragan yo`lovchi sabab bo`lgan. Yo`lovchining sog`lig`i yomonlashgani sababli ekipaj muqobil aerodromga o`tishga qaror qilgan.
"Aeroportga qo`ngach, yo`lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko`rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan", deyiladi xabarda.