AsosiyJamiyat

Toshkentdagi bog`chada bolalar uxlamagani uchun oyog`iga igna tiqildi

'Toshkentdagi bog`chada bolalar uxlamagani uchun oyog`iga igna tiqildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumani 122-bog`chada bolalarni uxlamagani uchun oyoqlariga igna tiqishayotgani aytilayotgan video xabar tarqaldi.

️Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Pedagogika kolleji o`quvchisi R.M. amaliyotini o`tash uchun  Yangihayot tumani “Oriyat” MFYda joylashgan 122-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotiga 2023 yil 11 may kunidan 4-sonli kichik guruhga  qabul qilingan.

2023 yil 26 may kuni shu guruhdagi tarbiyalanuvchilar uxlamaganligi sababli 2-3 nafariga igna tiqib olganligini aniqlandi. Hozirda talaba R.M. amaliyotdan chetlatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tuman IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar