Toshkent viloyati Qibray tumanida Oila va xotin-qizlar qo`mitasi, “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi, “Oqila ayollar” harakati a`zolari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, liboslar bo`yicha mutaxassislar, lider xotin-qizlar ishtirokida “Milliy liboslar - millat ko`zgusi” mavzusida anjuman o`tkazildi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi.
Anjumanda mutaxassislar tomonidan ayollarning estetik did, kiyinish madaniyati yuzasidan milliylik bilan uyg`unlashgan namunalarni, shuningdek, turli sohalarda ishlaydigan ayol xodimlarning, uy bekalarining jamoat joylari va uy ichida kiyiladigan liboslari bo`yicha umum e`tirof etilgan normalar bo`yicha namunalar (eskizlar) taqdim etildi.
Maqsad esa, o`zbek milliy urf-odat hamda qadriyatlarini targ`ib etuvchi liboslarni ommaga taqdim etish, zamon talablari bilan uyg`un milliy liboslarni targ`ib etish, yosh dizaynerlarni qo`llab-quvatlash.
Shuningdek, "Zakovat"intelektual o`yinlari, “Yurtimizning lider tadbirkor ayollari” shiori ostida biznes- sayohat tashkil etildi.