AsosiyJamiyat

Andijonda 20 yoshli yigit sevgan qizini qutqaraman deb kanalda cho`kib ketdi

'Andijonda 20 yoshli yigit sevgan qizini qutqaraman deb kanalda cho`kib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Marhamat tumanida yigit sevgan qizini kanaldan qutqarmoqchi bo`lib, o`zi cho`kib ketgani to`g`risida xabarlar tarqaldi. Ta`kidlanishicha, Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.N.ning suvda cho`kib vafot etgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 5 may kuni soat 18:00 larda shu tumanda yashagan 20 yoshli yigit A.N. “Rohat” MFY hududidan oqib o`tuvchi Janubiy Farg`ona kanaliga cho`kib ketgan. Holat yuzasidan so`ralgan guvohlarning ko`rsatmasiga ko`ra, u shu tumanda yashovchi, o`ziga avvaldan tanish bo`lgan qiz G.X.ni qutqarish maqsadida suvga tushgan. Qiz atrofdagi odamlar tomonidan qutqarib qolingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida A.N.ning jasadini topish bo`yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilgan. Natijada A.N.ning jasadi 8 may kuni 11:30 larda Janubiy Farg`ona kanalining “Polvontosh” MFY hududidan oqib o`tuvchi qismidan topilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida shaxslardan tegishli tushuntirish xatlari olinib, tegishli tashkilotlarga alohida topshiriqlar yuborilib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar