AsosiyJamiyat

Andijonda avtohalokat sodir etib, 1 kishining o`limiga sabab bo`lgan YHXB xodimi jazosiz qolayotgani aytilmoqda

'Andijonda avtohalokat sodir etib, 1 kishining o`limiga sabab bo`lgan YHXB xodimi jazosiz qolayotgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda  “Asaka tumanida YHXB xodimi tomonidan sodir etilgan yo`l transport hodisasi oqibatida 1 nafar shaxs vafot etib, 1 nafari nogiron bo`lib qolsada, hanuzgacha jazo tayinlanmaganligi” xususidagi xabarlar tarqaldi.  

Andijon viloyati prokuraturasining aniqlanishicha, ushbu holat bo`yicha 2022 yil 10 dekabrda Asaka tuman prokuraturasi tomonidan viloyat IIB YHXB xodimi M.E. ga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov natijasiga ko`ra, fuqaro M.E. ga nisbatan JKning ushbu moddasi bilan ayblov e`lon qilinib, jinoyat ishi 2023 yil 10 mart kunida jinoyat ishlari bo`yicha Asaka tuman sudi muhokamasiga yuborilgan.    

Sudda ayblanuvchi E.M. va uning himoyachilari tomonidan dalillarni nomaqbul deb topish to`g`risida iltimosnoma keltirilib, o`tkazilgan dastlabki eshituv yakuniga ko`ra, sudning 2023 yil 28 apreldagi ajrimi bilan iltimosnomani qanoatlantirish rad etilgan.

 O`z navbatida, ayblanuvchi E.M. ning apellyasiya shikoyati asosida jinoyat ishi 2023 yil 3 mayda viloyat sudining JIB sudlov hay`atida ko`rilib, 2023 yi 4 mayda sudning ajrimi bekor qilingan va qayta ko`rib chiqish uchun sudga qaytarilgan.

JIB Asaka tuman sudi tomonidan o`tkazilgan dastlabki eshituv natijasiga ko`ra, 2023 yil 8 maydagi ajrim asosida iltimosnoma qanoatlantirilib, prosessual harakatlarni o`tkazish uchun tuman prokuraturasiga qaytarilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari Asaka tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.      

 

                                          

    Boshqa yangiliklar