AsosiyJamiyat

O`zbekistonda xotin-qizlarning 85 foizi o`zini ko`tarinki kayfiyatda va baxtli deb hisoblashar ekan!

'O`zbekistonda xotin-qizlarning 85 foizi o`zini ko`tarinki kayfiyatda va baxtli  deb hisoblashar ekan!'ning rasmi

O`zbekistonda xotin-qizlarning 85 foizi o`zini ko`tarinki kayfiyatda va baxtli  deb hisoblashar ekan! Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti Axborot xizmati rahbari Manija Bahrieva ma`lum qildi.

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2023 yilning fevral-aprel oylarida “Xotin-qizlarning hayotiy maqsadlari, qadriyatlari va yo`nalishlari” mavzusida respublikaning 6 ta hududida  18 yoshdan 55 yoshgacha bo`lgan 819 nafar xotin-qizlar orasida sosiologik tadqiqot o`tkazildi.

Xotin-qizlar o`zlari uchun ayol baxtining asosini oilalarning tinchligi, farovonligi, mustahkamligi, farzandlarning borligi, oiladagi samimiy munosabatlarda va yaqin insonlarning o`zaro g`amxo`rligida, deb hisoblashadi. Qishloq hududlarida yashovchi aksariyat xotin-qizlar o`zlarini, eng avvalo, ona (40,9%) va rafiqa (27,3%) sifatida baholaydilar.

So`rovnomada ishtirok etgan xotin-qizlarning 68,3% inson salomatligining qadrini ustun qo`yishsada amalda  16% respondent  uni birinchi o`ringa qo`ymasligi aniqlandi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar