AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida аvtobusda 10 kg zargarlik buyumlarini olib o`tishga uringanlar ushlandi

'Toshkent viloyatida аvtobusda 10 kg zargarlik buyumlarini olib o`tishga uringanlar ushlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, DXX xodimlari bilan hamkorlikda yurtimizga o`tish uchun “Youtong BUS” rusumli avtobusda kirib kelgan fuqaro K.A. boshqaruvidagi transport vositasi bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Bojxona Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avtobus salonining old qismidagi sovitgichning tagida, haydovchi tomonidan oldindan yashirilgan og`zaki so`rovida taqdim etilmagan hamda deklarasiyalanmagan 8 dona o`ramdagi, qiymati qariyb 405 mln so`mlik jami 1 745 birlik, og`irligi salkam 10 kg bo`lgan zargarlik  buyumlari aniqlandi.

Eslatib o`tamiz, amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to`lovlarisiz, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatgan holda umumiy og`irligi 65 grammdan ko`p bo`lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar