Bugun, 30 may kuni soat 15:50 da Nukus shahri “Amudaryo” MFYda joylashgan “Nukus dexqon bozori” AJga qarashli ochiq maydonda qurilishda foydalanishga mo`ljallangan qamich va xashak presslari yonayotganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Zudlik bilan hodisa joyiga yong`in-qutqaruvchilar etib borib, yong`inni bartaraf etish ishlarini amalga oshirmoqda. Vaziyat nazoratga olingan.
Yong`in yuzasidan qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi.
30.05.2023 17:03
Amudaryodagi dexqon bozori maydonida yong`in sodir bo`ldi






