1

Yangihayot tumanida subsidiya asosida 25 ta tikuv mashinasi olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Jinoyat 30.05.2023, 20:14
Yangihayot tumanida subsidiya asosida 25 ta tikuv mashinasi olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.S. (muqaddam sudlangan) fuqaro N.S.ning ishonchiga kirib,  unga tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yishda tanishlari yordamida 25 ta tikuv mashinasi olish uchun subsidiya ajratib berishi evaziga 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1