AsosiyJamiyat

Toshkentda tuman hokimligi 300 mln so`mdan ortiq mablag`ni xodimlariga mukofot siftida ajratdi

'Toshkentda tuman hokimligi 300 mln so`mdan ortiq mablag`ni xodimlariga mukofot siftida ajratdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug`bek tumani hokimi tomonidan o`tgan yilgi byudjetdan qolgan 300 million so`mdan ortiq mablag`ni hokimlik va xalq deputatlari tuman Kengashi xodimlariga mukofot sifatida o`tkazishni nazarda tutuvchi qaror imzolangani haqidagi xabar tarqaldi. Tuman hokimligi holat bo`yicha rasmiy munosabat bilan chiqdi. 

Mazkur qaror loyihasining hujjati 16-26 may kunlari muhokamaga kiritilgan. Biroq, 2023 yilning birinchi choragi yakunlari bo`yicha mahalliy byudjet rejasidan daromadlar qismining ortig`i bilan bajarilgan qismini qanday yo`naltirish bo`yicha takliflar kelib tushmagan.

Tuman hokimligi mablag` sarflash bo`yicha takliflar regulation.gov veb-saytida 10 kun davomida joylashtirilganini ma`lum qildi.

Hujjatda tuman Kengashi xalq deputatlari, hokimlik xodimlari va davlat boshqaruvi organlari faoliyati natijalariga ko`ra, 2023 yil aprel oyida ularning oylik ish haqiga 200 foizgacha ustama sifatida 306 178 000 so`m miqdorida pul mablag`lari ajratish taklif etilayotgani qayd etilgan.

Muhokamalar yakunida xalq deputatlari Mirzo Ulug`bek tumani Kengashining "Mirzo Ulug`bek tuman byudjetining 2023 yil qo`shimcha manbalari mablag`larini yaxshilashga yordam berish to`g`risida"gi tegishli qarori qabul qilindi.

Hokimlikning ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5515-sonli Farmoniga asosan Toshkent shaharining barcha tumanlarida eksperiment tariqasida alohida boshqaruv tizimi joriy etilgan. Mazkur farmonga asosan mahalliy hokimlik xodimlarini faoliyatini baholash natijasiga ko`ra va korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida  ularning lavozim maoshining 200 foizga qadar miqdorda ustama belgilash huquqi  berilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar