AsosiyJamiyat

Toshkentda "Cobalt" haydovchisi to`xtab turgan Jiguli va uch piyodani urib yubordi. Jabrlanganlardan biri vafot etdi

'Toshkentda "Cobalt" haydovchisi to`xtab turgan Jiguli va uch piyodani urib yubordi. Jabrlanganlardan biri vafot etdi'ning rasmi

Toshkentda "Cobalt" haydovchisi yo`l chetida to`xtab turgan Jigulini va 3 nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Hodisa 2023 yilning 28 may kuni soat taxminan 21:30 larda Bektemir tumani, Bektemir yo`li ko`chasida sodir bo`lgan. 1996 yilda tug`ilgan haydovchi  Sh.M. "Cobalt" avtomashinani boshqarib ketayotib, yo`l chetida to`xtab turgan  “Vaz-2105”  avtomashinasi bilan to`qnashgan. Shundan so`ng boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidan harakatlanib ketayotgan 3 nafar piyodalarni urib yuborgan. 

YTH natijasida 2 nafar piyoda (2000 y.t. S.Yu. va 2001 y.t. A.K.) hamda "Cobalt" haydovchisi tan jarohati olganligi sababli tibbiy yordam ko`rsatilgan. Biroq, piyoda 1997 yilda tug`ilgan A.X. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar