1

Samarqandda 120 ming dollarga er sotayotgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 31.05.2023, 20:17
Samarqandda 120 ming dollarga er sotayotgan shaxs qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurobod tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “Ch.M.” fermer xo`jaligi rahbari Sh.R. xo`jalikning 1,5 gektar er maydonini fuqaro D.S.ga firibgarlik yo`li bilan 120 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 60 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.T. (muqaddam sudlangan) va boshqalar o`zaro til biriktirib, Qashqadaryo viloyati, Ko`kdala tumani hududidan dehqon xo`jaligi yuritish uchun ajratilgan 1 gektar er maydonini fuqaro M.Ya.ga go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning To`rtko`l tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar R.X. va L.R. Ellikqal`a tumani, “Istiqlol” MFY hududidagi 12 sotix er maydoni fuqaro M.S.ga 14 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, 6 000 AQSh dollari va 92 mln so`mni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1