1

Senat "Manfaatlar to`qnashuvi to`g`risida"gi qonunni ma`qulladi

Jamiyat 01.06.2023, 12:35
Senat "Manfaatlar to`qnashuvi to`g`risida"gi qonunni ma`qulladi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq birinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Yig`ilishdi Senat "Manfaatlar to`qnashuvi to`g`risida"gi qonunni ma`qulladi.

Qonun bilan davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg`armalariga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo`lgan aksiyadorlik jamiyatlariga, ustav fondida davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo`lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi .

Shunindek, davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi aksiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, o`sha yuridik shaxs ushbu xodimga aloqador shaxs hisoblanishi mustahkamlanmoqda.

Endilikda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, davlat tashkilotlarining odob-axloq komissiyalari, kadrlar bo`linmalari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari manfaatlar to`qnashuvini tartibga solishni amalga oshiradigan organlar sifatida mustahkamlanmoqda.

Qonunda davlat tashkiloti xodimlariga nisbatan manfaatlar to`qnashuvining oldini olish bo`yicha cheklovlar, manfaatlar to`qnashuviga oid talablarni buzganlikning huquqiy oqibatlari, manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`ygan holda qabul qilingan va tuzilgan bitimlarni sud tartibida haqiqiy emas deb topish asoslari, manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`yganlik uchun javobgarlik choralari belgilanmoqda.

Hujjat endi prezident tomonidan imzolanishi kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1