1

"Bolalarimiz bog`chada hech narsasi yo`q sho`rva ichishmoqda" (video)

Jamiyat 01.06.2023, 12:56
"Bolalarimiz bog`chada hech narsasi yo`q sho`rva ichishmoqda" (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 25-Maktabgacha ta`lim muassasasida tarbiyalanuvchilardan birining onasi va bog`cha tarbiyachisi o`rtasida tortishuv aks etgan videolavha tarqaldi. 

Lavhada ayol bolalarga berilayotgan ovqatning masallig`i yo`qligini aytib, ota-onalarga murojaat qilgan. Shundan so`ng tarbiyachilardan biri ayolga tashlanib, qo`lidagi telefonni tortib olishga uringan. 

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat bo`yicha rasmiy munosabat berdi. 

"Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan  "Bolalarimiz bog`chada hech narsasi yo`q sho`rva ichishmoqda." mazmunidagi murojaat yuzasidan  ishchi guruhi tuzilib organishlar olib borilmoqda. O`rganish natijalari bo`yicha batafsil ma`lumot beriladi",–deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1