AsosiyJamiyat

Yozda er usti metrosida poezdlar tezligiga cheklov joriy etiladi

'Yozda er usti metrosida poezdlar tezligiga cheklov joriy etiladi'ning rasmi

Yoz mavsumining boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahrida havo harorati keskin ko`tarilishi va natijada er usti temir yo`llarining relslari hamda ularning po`lat qismlarida harorat juda yuqori bo`lishi, +70 darajaga etishi mumkin. 

Shu munosabat bilan temir yo`llardan foydalanish qoidalariga ko`ra, relslarning harorati +55 darajadan oshganda poezdlar harakati tezligi pasaytirilishi, ya`ni, relslarning harorati +60 darajagacha bo`lganda poezdlar harakati tezligi 40 km/soatdan, +65 darajagacha 25 km/soatdan oshmasligi, +70 va undan yuqori darajada esa poezdlar harakati taqiqlanishi belgilangan. 

Yuqoridagilarni e`tiborga olib, poezdlar harakati va yo`lovchilarning xavfsizligini ta`minlash maqsadida metropolitenning Er usti halqa yo`li va Sergeli yo`li uchastkalarida havo haroratining ko`tarilishi kuzatilgan vaqtlarda poezdlar harakati tezligining vaqtincha cheklovi joriy etiladi. 

    Boshqa yangiliklar