AsosiyJamiyat

Buxoroda ayol oilaviy kelishmovchilik sabab erini pichoqlab qo`ydi

'Buxoroda ayol oilaviy kelishmovchilik sabab erini pichoqlab qo`ydi'ning rasmi

Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra, Buxoro shahar A.Jomiy ko`chasida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan Q.G. ismli ayol 2023 yil 30 may kuni soat 10:00 larda Buxoro shahar “N.Ganjaviy” mahallasi I.Mo`minov ko`chasidagi ko`p qavatli uylardan biridagi ijara asosida tadbirkorlik bilan shug`ullanib kelayotgan xonadonning erto`lasida turmush o`rtog`i R.B. bilan o`zaro oilaviy kelishmovchilik zamirida janjallashib, janjal vaqtida o`z erining chap tomon qorin bo`shlig`iga oshxona pichog`ini sanchib olib, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra og`ir tan jarohati etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan fuqaro Q.G. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiningning 126-1-moddasi 7-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar