1

O`zbekistonda ilk bor elektromobillar yo`nalishsiz taksi xizmatini ko`rsatadi

Jamiyat 01.06.2023, 19:59
O`zbekistonda ilk bor elektromobillar yo`nalishsiz taksi xizmatini ko`rsatadi

O`zbekistonda ilk marta elektromobillar yo`nalishsiz taksi xizmatini ko`rsatadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Xabarga ko`ra, ushbu xizmatni Buxoroga 30 ta elektromobil olib kelgan White House Bukhara MChJ korxonasi ko`rsatadi. Eko-taksilar to`la quvvat bilan 500 kilometrdan ortiq masofani bosib o`tadi. Yaqin orada tashuvchi parkiga yana 20 ta elektromobil kelib qo`shiladi.  

Ma`lumot uchun, prezidentning 2022 yil 19 dekabrdagi qaroriga muvofiq, elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo`lovchilarni tashish xizmatlarini ko`rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar 2030 yil 1 yanvarga qadar lisenziya varaqalari berilgani uchun davlat bojini to`lashdan ozod etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1