AsosiyDunyo

Eron ShHTga qachon to`laqonli a`zo bo`lishi aytildi

'Eron ShHTga qachon to`laqonli a`zo bo`lishi aytildi'ning rasmi

Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo bo`lish jarayoni iyul oyida yakunlanadi. Bu haqda Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyn  bayonot berdi.

“Biz tashkilotning iyul oyida bo`lib o`tadigan navbatdagi sammitida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga to`la huquqli a`zo bo`lamiz”, deydi Husayn Amir Abdullohiyn

Eslatib o`tamiz, 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo`lib o`tgan ShHT sammitida Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy ham ishtirok egan. Sammitda Eron ShHTga a`zo davlat maqomini olishi bo`yicha majburiyat memorandumi imzolangan. Tegishli majburiyatlarni bajargandan so`ng, mamlakat tashkilotga a`zo bo`lishning rasmiy tartibini yakunlaydi.

    Boshqa yangiliklar