1

Samarqandda oshpaz ayol bog`cha ovqatidan norozi bo`lib, tasvirga olayotgan onalarga tashlandi (video)

Jamiyat 02.06.2023, 09:26
Samarqandda oshpaz ayol bog`cha ovqatidan norozi bo`lib, tasvirga olayotgan onalarga tashlandi (video)

Samarqand viloyati Jomboy tumanida bog`cha ovqatidan norozi bo`lib, tasvirga olayotgan onalarga oshpaz ayol tashlangani aks etgan video tarqaldi.

 Viloyat Maktabgacha va maktab ta`lim boshqarmasi holat yuzasidan ma`lumot berdi

Unga ko`ra, videolavha viloyat Maktabgacha va maktab ta`lim boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o`rganildi. Mazkur holat 2023 yil 30 may kuni tushlik paytida sodir bo`lgan. O`rganish jarayonida haqiqatan ham tushlik uchun ajratilgan taomnomada ko`rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlari qozonga to`liq solinmagani aniqlandi. 

Shu sababli hamda tashkilot oshpazi tarbiyalanuvchining onasiga nisbatan qo`pol xatti-harakatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. 

Bundan tashqari, tashkilot direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan hujjatlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, tashkilotning tegishli mas`ullariga intizomiy jazo choralarini qo`llash bo`yicha hujjatlar huquqiy markazga xulosa olish uchun taqdim etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1