AsosiyJamiyat

Kelasi haftada O`zbekistonga Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi

'Kelasi haftada O`zbekistonga Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi'ning rasmi

Joriy yilning 5-8 iyun kunlari O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi. Bu haqda O`zgidromet xabar bermoqda. 

 Buking hisobiga maksimal havo harorati, jumladan:

5-6 iyunda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 40-41 darajagacha;

 6-8 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 40-42 darajagacha;

 5-8 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 38-40 darajagacha;

 7-8 iyunda Farg`ona vodiysi viloyatlarida 36-39 darajagacha ko`tariladi.

  7-8 iyun kunlari shimolda, janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar