Polsha terma jamoasi va “Napoli” klubi hujumchisi Arkadiush Milik Daniyaga qarshi (3:2) JCh–2018 turniri saralash bosqichida jarohat olgandi.
“iSport.ua” nashrining xabar berishicha, 22 yoshli futbolchi ertaga jarroh stoliga yotadi. Uning chap tizza xochsimon to`qimalari uzilgan edi. Buni neapolliklar matbuot xizmati ham tasdiqladi.
Futbolchining operasiyadan so`ng tiklanishi uchun kamida bir oy kerak bo`ladi
Joriy mavsumda Arkadiush Milik A Seriyaning 7 o`yinida maydonga tushib, to`rtta gol urishga muvaffaq bo`ldi.





