Toxir Sodiqov konsertidan so`ng tartibsizliklar bo`lgani rostmi? (video)

Jamiyat 02.06.2023, 15:49
Toxir Sodiqov konsertidan so`ng tartibsizliklar bo`lgani rostmi? (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda "Xalqlar do`stligi" saroyida bir nechta fuqaro o`zaro janjallashgani aks etgan videolar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyun kuni taxminan soat 22.45 larda Chilonzor tumanida bo`lib o`tgan konsertda 2003 va 2004 yilda tug`ilgan fuqarolar dastur yakunlangandan so`ng og`zaki tortishib qolganligi natijasida o`zaro janjallashib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi («Mayda bezorilik») va 194-moddasi («Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») alomatlari bilan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko`rish uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1